Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ipak qurti boqqan fuqarolarga mehnat staji yoziladimi? «O‘zbekipaksanoat» aniqlik kiritdi
Bugun, 9 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda mutasaddilar O‘zbekiston Prezidentining «Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishgan.

Tadbir davomida ipak qurti boqqan fuqarolarga ayrim vaqtlarda mehnat staji yozilmasligi holatlari uchrashi va umuman, ipak qurti boqqan fuqarolarga qanday holatlarda mehnat staji yozilishi borasida savol bilan murojaat qilindi.

«Ipak qurti boquvchi fuqarolarga mehnat staji yuritiladi, bunda muammo yo‘q. Bu yerda tarmoqda ayrim tushunmovchilik holatlari uchrayotgan bo‘lishi mumkin.
Ipak qurti boqqan fuqarolarga mehnat staji yozish va belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2856-sonli «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu boradagi vazifalar belgilab berilgan. Unga ko‘ra, ipak qurti boqqan fuqarolarga har bir mavsum uchun mehnat staji yozib borilyapti. Buning uchun fuqarolar tuman va tumanlararo «Pilla» mas'uliyati cheklangan jamiyatlari negizida tashkil etiladigan tuman «Agropilla» mas'uliyati cheklangan jamiyatlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak»,-deya «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi boshqarma boshlig‘i Xasan Komilovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
17:42 / 17.08.2023
Bahrom Sharipov qo‘mita rahbarligidan ketdi
11:08 / 09.04.2023
Nomsiz muallif kimning manfaatlarini himoya qilmoqda: ipakchilik sohasinimi yoki “O‘zbekipaksanoat”ni?
15:47 / 29.03.2023
O‘zbekistonda ipakchilik: samarasiz byurokratik boshqaruv saqlanib qolmoqda
14:58 / 07.01.2020