O‘zbekiston | 07:25 / 09.09.2019
67597
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: KUN.UZ

Gidrometeorologiya xizmati markazi 10 - 13 sentabr kunlari uchun ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 sentyabrda 8-13 daraja, 12-13 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 20-25 daraja, 11-13 sentyabrda 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 sentyabrda 8-13 daraja, 12-13 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 22-27 daraja, 11-13 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 20-25 daraja, 11 sentyabrda 23-28 daraja, 12-13 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 23-28 daraja, 11-13 sentyabrda 26-31 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 10 sentyabrda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11-13 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 10 sentyabrda 15-20 daraja iliq, 11 sentyabrda 20-25 daraja, 12-13 sentyabrda 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 10 sentyabrda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 11-13 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 sentyabrda 3-8 daraja, 13 sentyabrda 6-11 daraja, kunduzi 10 sentyabrda 10-15 daraja, 11-13 sentyabrda 15-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid