Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qoradori-2019»: yonida «tramadol» va «tropikamid» dori vositalari bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasidan olingan xabarga ko‘ra, 2019 yilning 4 sentabr kuni “Qoradori-2019” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida, xodimlar tomonidan Toshkent shahrida bir nechta tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Xorazm viloyatining Urganch shahrida ro‘yxatda turgan 1972 yilda tug‘ilgan A.Z. Uchtepa tumanining Algoritm dahasida to‘xtatilib tekshirilganda, yonidan tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan 2000 dona “Tramadol” va 3 dona flakonda “Tropikamid” dori vositalari topildi va ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda olingan ushbu dori vositalari manbasini aniqlashga qaratilgan tezkor ishlar davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
12:46 / 16.03.2025