Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat grantida o‘quvchi talabalar o‘zlashtirishi 30 foizdan past bo‘lgan holda stipendiyadan mahrum qilinadi
Yangi o‘quv yilidan boshlab davlat grantida o‘qiyotgan talabalar agar semestr yakunida 30 foizdan ortiq fanlardan «3» baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rahbar xodimlari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

«Budjet asosida o‘qiydigan talabaning o‘zlashtirishi 30 foizdan past bo‘lgan hollarda keyingi semestrdan boshlab shu talaba uchun stipendiya bekor qilinadi», deya vazirlikdagi boshqarma boshlig‘i Maqsud Hamroyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan avvalroq, davlat budjeti asosida o‘qiydiganlar ham, kontraktda o‘qiydiganlar ham bir xil miqdorda - 400 ming so‘mdan stipendiya olishi haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi
12:08 / 25.04.2024
TTA va Stomatologiya institutida xorijiy tillardan sertifikat olganlarga stipendiya berilmayotgani aytilyapti
16:58 / 06.02.2024
TDYuU talabalari uchun “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” joriy etiladi
13:51 / 15.12.2023