Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada bo‘sh turgan harbiy qism bino-inshootlari «nol» xarid qiymatida beriladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi bo‘sh turgan harbiy qism bino-inshootlari investitsiya majburiyatlari evaziga “nol” xarid qiymatida berilishi haqida ma'lum qildi.
Obekt Rishton tumani, Oq-oltin MFYda joylashgan. Tanlov shartlari:
investitsiya majburiyatlarining eng kam miqdori 2500,0 (mln. so‘m)
investitsiya kiritish muddati: 2 yil
yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni: 160ta.
Tanlov savdolari 2019 yil 7 oktabr kuni o‘tkaziladi.
Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili shaxsan yoxud pochta orqali hududiy tanlov komissiyasining ishchi organiga tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatda tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ikki nusxada buyurtmanoma taqdim etadi:
nodavlat yuridik shaxslar uchun – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
jismoniy shaxslar uchun – pasportining nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
biznes reja muhrlangan konvertda, shuningdek, tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov takliflari (taklif qilinayotgan investitsiya majburiyatlari summasi, uning shakli, muddati va kiritish sharti).
Tanlov g‘olibi deb topilgan talabgorlar oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan so‘ng 30 kun muddat ichida obektni mustaqil baholovchi tashkilotga baholatib, baholash hisobotlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga taqdim etishlari shart.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025