Polshada dunyodagi eng kichik ot topildi

Foto: Guinness World Records
Polshada yashovchi Bombel laqabli ot dunyodagi eng kichik ot deb topildi. Ginness rekordlariga ko‘ra, otning bo‘yi yag‘rinida 56,7 smni tashkil qiladi.
NDTV telekanalining xabar berishicha, Bombel Lodz shahri yaqinidagi ot zavodida boqiladi. Otning egalari Patrik va Katarjina Zelinski uni 2014 yilda 2 oylik toychoq vaqtida birinchi bor ko‘rishganda u o‘z yoshi uchun normal o‘lchamda bo‘lgani, biroq keyin o‘smay qolganini aytishgan.

Ularning ta'kidlashicha, ot kichik bo‘lsa-da, katta yurakka ega. U har oy mahalliy bolalar shifoxonasiga yosh bemorlarga xursandchilik ulashish uchun tashrif buyuradi.
“Bombel hayotimizni butkul o‘zgartirib yubordi, chunki u bizga boshqa odamlarga ko‘mak ko‘rsatish va bolalarni baxtiyor qilishda yordam beradi”, deb aytgan ot egasi.
Ot appaluza zotiga tegishli bo‘lib, bu zot Amerikada hindular tomonidan yetishtirilgan va odatda bu turdagi otlar bo‘yi 160 smga yetadi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

22:11 / 31.08.2024
Putin Kim Chen Inga 24 bosh ot sovg‘a qildi

22:20 / 29.05.2023