Xitoy O‘zbekistonga jami 3,37 milliard dollar investitsiya kiritdi
Butunxitoy Xalq vakillari yig‘ini moliyaviy-iqtisodiy qo‘mitasi a'zosi Tsay Linning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi yuqori sur'atda o‘smoqda. U bu haqda «Qishloq xo‘jaligini isloh qilishda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi va uni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyati» mavzuida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda ma'lumot berdi.
Uning bildirishicha, 2018 yilda savdo aylanmasi 6,26 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, uning 3,94 milliard dollarini Xitoyning O‘zbekistonga eksporti tashkil qilsa, 2,32 milliard dollari O‘zbekisonning Xitoyga eksportidan iborat.
Joriy yil iyun oyi holatiga ko‘ra, savdo aylanmasi 3,33 milliard dollarga yetgan.
Bundan tashqari, iqtisodiy, investitsiyaviy, texnik jihatdan ham sheriklik rivojlanib bormoqda. Xitoy statistik ma'lumotlariga qaraganda, o‘zaro hamkorlik boshlanganidan buyon 2019 yilning iyun oyi oxirigacha Xitoy O‘zbekistonga jami 3,37 milliard dollar investitsiya kiritgan va 7,02 milliard dollarlik shartnomalaar imzolangan.
Ayni paytda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga ham harakat qilinmoqda. Jumladan, yaqin yillarda gilos, mosh va qalampir eksporti bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Tsay Linning qo‘shimcha qilishicha, joriy yil avgustida Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan va O‘zbekiston bosh vaziri Aripov ishtirokida Xitoyga qovun va asal eksport qilish to‘g‘risida kelishuvlarga erishilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 23.11.2024
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi tushib bormoqda
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
21:10 / 18.11.2024