AQSh terrorchi guruhlarning 12 yetakchisiga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh terrorchilikka qarshi sanksiyalarini kengaytirib, unga 12 jismoniy shaxs va tashkilotni kiritdi. Bu haqda Oq uydagi matbuot anjumanda Mayk Pompeo ma'lum qildi.
“Bugun davlat departamenti terrorchi guruhlarning 12 yetakchisi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishini e'lon qiladi”, deb aytgan Pompeo.
Uning aytishicha, ro‘yxatga “Hizbulloh”, XAMAS, “Islom jihodi”, IShID va uning Afrika hamda Falastindagi bo‘linmalari. “IShID-Xuroson”, Pokistonning “Tahrik-i Tolibon Pokiston”, Suriyaning “Xuros Ad-Din” terrorchi guruhlari yetakchilari kiritilgan.
Pompeoning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqidagi farmonni sanksiyalar rejimini terrorchilarga qarshi qo‘llash imkonini maksimal kengaytirgan holda o‘zgartirib imzolagan.
AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin Eronning Islom inqilobi soqchilari korpusiga qarshi sanksiyalar ham kengaytirilishini ma'lum qilgan.
Tramp uning farmoni “terrorchilikka qarshi kurashish bo‘yicha sanksiyalarni modernizatsiyalash va kengaytirish”ga imkon berishini aytgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024