O‘zbekiston | 08:33 / 11.09.2019
6286
2 daqiqa o‘qiladi

Barcha kommunal tashkilotlarda ko‘chmas mulkning yangi mulkdori haqidagi ma'lumotni avtomatik tarzda o‘zgartirish tartibi joriy etiladi 

Foto: KUN.UZ

Ko‘chmas mulk boshqa shaxsga o‘tkazilganda barcha kommunal tashkilotlarda ko‘chmas mulkning yangi mulkdori haqidagi ma'lumotlarni avtomatik tarzda o‘zgartirish tartibi joriy etiladi. 

2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da qayd etilishicha, bu boradagi tegishli kompleks chora-tadbirlar rejasi 2021 yil dekabr oyiga qadar ishlab chiqiladi. Ijro etilishiga mas'ul - Yergeodezkadastr (Abdullayev). Adliya vazirligi (Davletov), Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Soliyev).

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan tasdiqlanadigan ariza va ishonchnomalarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborish tartibi joriy etiladi.

Tegishli kompleks chora-tadbirlar 2021 yil dekabr oyigacha ishlab chiqiladi. Ijro etilishiga mas'ul - Adliya vazirligi (Davletov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov).

Bundan oldin, mashinalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘imlar miqdori qayta ko‘rib chiqilishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid