Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergovchi va prokurorlarga yangi vakolat beriladi. U ko‘chmas mulk va avtomobilga aloqador
O‘zbekistonda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga yangi vakolat beriladi. Bu haqda 2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.
Qayd etilishicha, ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanganligi va xatlanganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish va taqiqni (xatlovni) yechish mexanizmi joriy etiladi.
Bu boradagi tegishli kompleks chora-tadbirlar 2021 yil yanvar oyigacha ishlab chiqilishi lozim. Ijro etilishiga mas'ul - Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Oliy sud (Komilov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Davlat xavfsizlik xizmati (Azizov), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), Milliy gvardiya (Toshmatov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li).
Bundan oldin, 2020 yil 1 yanvardan yangi notarial harakatlar joriy etilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
19:11 / 06.12.2022
O‘zbekistonda notarial harakatlar soddalashtirilmoqda
08:14 / 24.06.2021
Notariat va advokaturada ichki nazorat kuchaytirildi
17:08 / 20.03.2020