Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritiladi
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritiladi. Bu haqda 2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.
Qayd etilishicha, bunda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari xodimlari tomonidan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlarini qarindoshlik munosabatlarini aniqlash tartibini nazarda tutuvchi jarayon joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi 2019 yil sentabr oyida ishlab chiqiladi. Ijro etilishiga mas'ul - Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov).
Bundan oldin, notarial bitimlarni tasdiqlashda taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
19:11 / 06.12.2022
O‘zbekistonda notarial harakatlar soddalashtirilmoqda
08:14 / 24.06.2021
Notariat va advokaturada ichki nazorat kuchaytirildi
17:08 / 20.03.2020