OAV Jon Bolton nima uchun iste'foga chiqarilganidan xabar topdi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Eron borasidagi kelishmovchiliklar sababli o‘z lavozimidan bo‘shatilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Tehronga qarshi kiritilgan sanksiyalarni yumshatishni taklif qilgan, biroq Bolton bunga qat'iy qarshi chiqqan. Trampni AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin qo‘llab-quvvatlagan.
Nashrning eslatishicha, AQShda Tramp va Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning sentyabrda Nyu-Yorkda o‘tadigan BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishi doirasidagi uchrashuviga tayyorgarlik ketmoqda.
Bolton 10 sentyabrda iste'foga chiqarildi. U o‘z lavozimini 2018 yil aprelidan beri egallab kelayotgandi.
Mavzuga oid
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39 / 22.11.2024
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024