Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahobiddin Zoirov jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
12 sentabr kungi janglar doirasida -52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Shahobiddin Zoirov birinchi jangini turkmanistonlik Yihlas Gilichjanovga qarshi o‘tkazdi.
Rio—2016 Olimpiadasi chempioni jangda to‘liq ustunlikka erishdi va ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi.
Uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan Shahobiddinning g‘alabasini qayd etishdi - 5:0.
Shahobiddin Zoirovga keyingi bosqichda Dominikan Respublikasi vakili raqiblik qiladi.
Bugun, -63 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Elnur Abduraimov jazoirlik raqibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
9-10 sentabr kunlarida O‘zbekiston boks terma jamoasining 2 nafar vakili, -75 kilogramm vazn toifasidagi Fanat Qahramonov va -81 kg vazn toifasidagi Dilshod Ro‘zmetov saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishdi, ularning ikkisi ham mo‘g‘ulistonlik bokschilarni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratishdi.
Qur'a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston boks terma jamoasining qolgan vakillari quyidagi raqiblarga qarshi jang qilishadi:
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya) / Ivanov (Polsha) (15 sentabr)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina) / Mikkalef (Chernogoriya) (16 sentabr)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya) / Teysheyra Da Silva (Braziliya) (15 sentabr)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina) / Ramazon Purdelavar (Eron) (17 sentabr).
Mavzuga oid
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
17:18 / 10.04.2025
Yekaterinburgda oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi
13:08 / 06.01.2025
Yekaterinburgda terakt ishi bo‘yicha o‘smirlar hibsga olindi
13:27 / 31.12.2024