Jahon | 20:02 / 12.09.2019
17681
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy ozod qilingan dengizchilar bilan uchrashdi

Foto: Ukraina Prezidenti axborot xizmati

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 7 sentyabrda Rossiya bilan mahbuslarni almashish doirasida ozod qilingan ukrainalik harbiy dengizchilar, ularning oilalari a'zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuv Kiyevdagi Mariinskiy saroyidagi bog‘da o‘tgan. Zelenskiy harbiylarni vatanlariga qaytganlari bilan tabriklagan. U dengizchilarning yaqinlariga ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlov uchun alohida minnatdorlik bildirgan.

Foto: Ukraina Prezidenti axborot xizmati
Foto: Ukraina Prezidenti axborot xizmati

“Ular ham siz kabi qahramondirlar. Ular sizni qaytarish uchun barcha ishni qilishdi, biz esa ularga ko‘mak ko‘rsatdik”, deb aytgan Ukraina prezidenti dengizchilarga yuzlanib.

Ukraina prezidenti asirlarni qaytarish bo‘yicha amaliyot o‘ta murakkab bo‘lganini, ushbu jarayonga ko‘pchilik jalb qilinganini ta'kidlab o‘tgan. 

Foto: Ukraina Prezidenti axborot xizmati

Zelenskiy dengizchilarga Odessada uy-joy berish masalasi hal qilinganini ma'lum qilgan. Dengizchilar o‘z navbatida prezidentga minatdorlik bildirishgan, ulardan ba'zilari esa davlat rahbarini o‘z to‘ylariga taklif qilishgan.

Shuningdek. harbiylar Zelenskiyga qo‘lida dengizchilar ismlari yozilgan brasletlarni taqib yurgani uchun minnatdorlik bildirishgan, chunki bu dengizchilarning ozod qilinishi muammosiga doimiy ravishda e'tibor qaratib turgan. Zelenskiy dengizchilarga prezident soatlari sovg‘a qilgan.

Foto: Ukraina Prezidenti axborot xizmati

Dengizchilar 2018 yil 25 noyabrda Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan voqea oqibatida Rossiya kuchlari tomonidan asirga olingandi.

Foto: Ukraina Prezidenti axborot xizmati

Mavzuga oid