Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya politsiyasi “qattiq” Brexit mafiyaga qo‘l kelishidan ogohlantirdi
Britaniya politsiyasi Brexit’ning “qattiq” ssenariysi amalga oshsa, ya'ni Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan kelishuvsiz chiqsa uyushgan jinoyatchilik yutuqda qolishidan ogohlantirdi. Bu haqda Guardian nashri xabar berdi.
Brexit‘ning salbiy oqibatlari haqidagi dokladni Temza vodiysi politsiyasi tayyorlagan. Politsiyaning fikricha, “qattiq” Brexit holatida mamlakatda dori-darmon, oziq-ovqat va yonilg‘i yetkazilishi bilan muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Bu muammolar uyushgan jinoiy guruhlarga qo‘l kelishi mumkin. Politsiyaning fikricha, ular taqchil mahsulotlarni qora bozorda sotishi mumkin. Bundan tashqari, oziq-ovqat va dori-darmon yetishmovchiligi o‘g‘riliklar soni oshishiga hamda ommaviy noroziliklar va tartibsizliklarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, politsiyaga bu muammolar bilan kurashish uchun ofitserlar yetmasligi mumkin.
Dokladda ta'kidlanishicha, “yumshoq” Brexit holatida ham Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishining salbiy oqibatlari mafiyaga qo‘l kelishi mumkin. Jumladan, odamlar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshishi mumkin, chunki Brexit Britaniyaga qonuniy emmigratsiya imkoniyatini cheklaydi va mamlakatda mehnat migrantlari sonining kamayishiga olib keladi.
Politsiya dokladi Britaniya hukumati parlament deputatlari bosimi ostida mamlakatning “qattiq” Brexit holatidagi eng pessimistik ssenariyni bayon qiluvchi hujjatni chop etgandan keyin e'lon qilindi. Hujjatda “qattiq” Brexit oziq-ovqat mahsulotlari va yonilg‘i narxi oshishiga, dori-darmon yetkazilishida muammolarga va tartibsizliklarga olib kelishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025