Fotojamlanma: ko‘hna va navqiron Varshavaga sayohat
Har bir shaharning o‘z tarixi, betakror xususiyatlari bor. Ko‘hna Qit'aning qadimiy shaharlaridan biri – Polsha poytaxti Varshava shahri ham o‘zining beqiyos jilosi bilan sayyohlarni jalb qiladi. Yaqinda yurtimiz va dunyo jurnalistlari qatorida Kun.uz sayti muxbirlari ham bu muazzam shaharda bo‘lib qaytdilar. Taassurotlar bir olam!
Varshavaga qachon asos solingani bo‘yicha aniq ma'lumot yo‘q. Ammo solnomalarda knyazlar o‘z qarorgohlarini 1281 yilda Visla daryosining yuqori qirg‘og‘iga ko‘chirganlari haqida qaydlar bitilgan. Ayni mana shu hududda bugungi kunda qirollik qasri joylashganligi hudud tarixi ancha ko‘hna ekanligining yana bir isbotidir.
Varshavada “Sredmeste”, “Mokotov”, “Oxota”, “Volya”, “Joliboj”, “Praga Severnaya” va “Praga Yujnaya” kabi ma'muriy hududlar mavjud.
Ko‘plab shaharlar singari Varshavada ham “eski shahar” deya ataluvchi tarixiy maskan bor va u hamisha sayyohlar bilan gavjum. Hashamdor binolar, Sigizmund ustuni, Qirol Qasri va qator obidalar o‘ziga ohanrabodek tortadi. XIII asrda yog‘ochdan tiklangan qal'a o‘rnida ulkan qasr bunyod etilganidan so‘ng bu hududda bunyodkorlik ishlari jadallashib ketgan va butun bir shahar bo‘y ko‘rsatgan.
1596 yilda poytaxt Krakovdan Varshavaga ko‘chirilganidan keyin bu shaharda yana bir muhim sana qayd etilgan – 1791 yilda mamlakat konstitutsiyasi qabul qilingan.
Asta-sekin faqat qasrlar emas, ishlab chiqarish inshootlari, tegirmonlar qurilgan. Sanoat, savdo-sotiq rivojlangan, manufakturalar paydo bo‘lgan. Kichik korxonalar asta-sekin o‘z o‘rnini yirik zavodlarga bo‘shatib bergan.
Varshavaga borganda “o‘n yillik” nomli stadion ham tomosha qilishga arziydi. 100 ming ishqibozni o‘zi bag‘riga sig‘dira oladigan bu stadion uzoq yillar bo‘sh yotdi. Ammo bir necha yil oldin u Yevropaning eng yirik bozoriga va juda gavjum maskanga aylandi. Shaharliklarning aytishicha, bu yerda istagan narsani topish mumkin. Shuningdek yuqori tribunalardan shaharning betakror manzaralari bor bo‘yi bilan namoyon bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:02 / 20.11.2024
Varshava ko‘chalaridagi o‘limlar 2 barobarga kamaytirildi: qanday qilib?
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
23:10 / 24.10.2024
2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
11:00 / 09.10.2024