Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya to‘lanmasligi belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma'qullangan.
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi Qonuni 60-moddasi (Qariyalar va nogironlar internat uylarida yashovchi shaxslarga pensiyalar to‘lash) matnining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya to‘lanmaydi».
60-moddaning amaldagi tahririga ko‘ra, qariyalar va nogironlar internat uylarida (pansionatlarida) yashovchi yolg‘iz pensionerlarga pensiya bilan ular ta'minoti uchun sarf-xarajat o‘rtasidagi farq, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 10 foizi, urush nogironlariga esa kamida 20 foizi to‘lanadi. Ruhiy bemorlar internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya to‘lanmaydi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025