Jahon | 09:34 / 13.09.2019
29973
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Soatiga 10 ming kilometrdan yuqoriroq tezlikka ega gipertovushli obekt sinaldi

AQSh harbiy-havo kuchlarining sinov markazi YouTube’da 16 kmlik rels trassada tezligini 10620 km/soatgacha chiqarish muvaffaq bo‘lingan raketa chanasi videoroligini e'lon qildi.

Videoning sekinlashtirilgan qadrlarida relslar orqali yarqiroq shar o‘z ortidan quyuq tutun qoldirgan holda shiddat bilan “uchib o‘tgani”ni ko‘rish mumkin. 

Sinovlar tafsilotlari ma'lum qilinmagan: bu holatda harbiylar gipertovushli tezliklarda harakatlantirish uchun zarur bo‘lgan istalgan komponentni sinovdan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga oid