Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Venada «Rosatom» bilan birgalikda atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazadi
O‘zbekiston hukumati va “Rosatom” davlat korporatsiyasi Xalqaro atom energiyasi agentligining (XAEA) Venada bo‘lib o‘tadigan 63-yillik bosh anjumanida respublikada atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bosh vazir maslahatchisi, energetika vaziri Alisher Sultonov boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro atom energiyasi agentligining Venada bo‘lib o‘tadigan 63-yillik bosh anjumanida ishtirok etadi.
"Bosh anjuman doirasida 17 sentabr kuni O‘zbekiston energetika vazirligi, “O‘zatom” agentligi va mamlakatimiz elchixonasi tomonidan “Rosato” davlat korporatsiyasi bilan hamkorligida ilk bor O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkaziladi”, - deyiladi xabarda.
TIV xabariga ko‘ra, Sultonov plenar yig‘ilishda ma'ruza qiladi hamda XAEA rahbari Kornel Ferutse, Jahon yadro assotsiatsiyasi bosh direktori Agneta Rayzing, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining yadroviy energiya agentligi rahbari Vilyam Magvud, qator davlatlarning moliya institutlari va atom agentliklari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
16:51 / 13.05.2025
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
16:59 / 26.03.2025
«O‘zatom» va «Rosatom» O‘zbekistonda yirik quvvatli AES qurishni muhokama qildi
20:55 / 10.02.2025
Shavkat Mirziyoyev atom energetikasi sohasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi
19:35 / 06.10.2024