O‘zbekiston | 23:52 / 14.09.2019
13617
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi vaziri: «Bizda yer munosabatlarini tartibga soladigan yangi kodeksga talab bor»

Bugun, 14 sentabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi binosida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan strategiya loyihasi bo‘yicha ma'lumot berdi, shuningdek, OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

Tadbirda yer munosabatlari bo‘yicha mavjud qonunlarni tartibga soladigan hujjat - Yer kodeksi bugungi kunda yer boshqaruvida bo‘layotgan o‘zgarishlar talabiga qanchalik javob berishi, sohada biri-birini inkor qiluvchi qonunosti hujjatlari ham uchrayotgani, shu bois, tizimda yangi tahrirdagi Yer kodeksi qabul qilish talabi vujudga kelayotgani borasida murojaat qilingan.

«Bizga dehqonlarga, kooperativ va klasterlarga, shuningdek, xorijiy investorlarga yer ajratib berish, bunda munosabatlarni aniq belgilash, shuningdek, turli vaziyatlarni hal qilishda suyanadigan yangi tahrirdagi Yer kodeksi kerak. 

To‘g‘ri, biz 10 yillik strategiyada oxirgi nuqtani, ya'ni, yer berish jarayoni shaffof bo‘lishi kerakligi haqida bandlarni ko‘rsatganmiz, raqobat, yerni haqiqiy egasiga berishni va yana ikki-uchta mexanizmni yozganmiz, lekin bunga yana qo‘shimchalar, o‘zgartirishlar kiritish kerak deb hisoblayman. 

O‘ylaymanki, Yer kodeksida yerga egalik huquqini qachonki qiyin bo‘lmagan, sodda tarzda xalqqa yetkazsak, shundagina shaffof tizim bo‘ladi», deya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid