Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda gumonlangan 200dan ortiq harbiyni hibsga olishga order berildi
Turkiya hukumati FeTO tashkiloti bilan aloqadorlikda gumonlanayotgan 223 nafar harbiyni hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Turkiya HHK, HDK va quruqlikdagi qo‘shinlari harbiylarini hibsga olish uchun orderlar berilgan.
2016 yil 15 iyulda Turkiya qurolli kuchlarining bir guruh askar va ofitserlari davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringandi. Anqara mazkur urinishda FeTO tashkilotini hamda ushbu tashkilotning AQShda yashaydigan rahbari Fathulloh Gulenni ayblamoqda.
FeTO bilan aloqadorlikda gumonlanib minglab kishi hibsga olingan, o‘n minglab kishilar davlat tuzilmalaridagi ishlaridan bo‘shatilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025