Ispaniya terma jamoasi basketbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Ispaniya basketbolchilari jahon chempionati finalida Argentina ustidan 97:75 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medallarga ega chiqishdi.
Bu ispaniyalik basketbolchilarning jahon chempionatlari tarixidagi ikkinchi g‘alabasidir. Ilk marta ispanlar 2006 yilda finalda greklar ustidan g‘olib kelib, chempion bo‘lishgan edi.
Basketbol bo‘yicha so‘nggi ikki jahon chempionati — 2010 va 2014 yillarda AQSh terma jamoasining chempionligi bilan yakunlangan edi. Sobiq chempionlar ushbu jahon birinchiligining chorakfinalida Fransiyaga yutqazib turnirni tark etishdi.
Shuningdek, jahon chempionatining bronza medali sohiblari ham aniqlandi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Fransiya basketbolchilari Avstraliya terma jamoasi ustidan 67:59 hisobida g‘olib chiqishdi.
Basketbol bo‘yicha XVIII jahon chempionati 31 avgustdan 15 sentyabrga qadar Xitoy Xalq Renspublikasida tashkillashtirildi. Musobaqalar Pekin, Nanjing, Shanghay, Uhan, Guangjou, Dongguan, Shenjyen, Foshan kabi 8 shaharda bo‘lib o‘tdi. Unda 32 mamlakat basketbolchilari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Mavzuga oid
22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi
16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi
20:54 / 19.11.2024
Ispaniya har yili 300 ming migrantni qonuniylashtirish niyatida
21:44 / 12.11.2024