Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujumlardan keyin xavfsizlik choralarini kuchaytirdi
Kuvayt hukumati Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft-gaz kompaniyasi korxonalariga hujumdan keyin o‘zining strategik ahamiyatdagi davlat obektlarida xavfsizlikni kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqda Kuvaytning KUNA axborot agentligi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Anas as-Salohga iqtibos keltirgan holda xabar qildi.
Uning aytishicha, Kuvayt bosh vaziri Jobir al-Muborak al-Hamad As-Saboh Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujumdan keyin harbiylar va kuch tuzilmalariga mamlakatning strategik muhim obektlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirishni va mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralarini ko‘rishni buyurgan.
14 sentyabrda Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining Abqayq va Xurays tumanlaridagi 2 ta korxonasiga dronlarda hujum qilinishi oqibatida yong‘inlar yuz berdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
19:00 / 19.05.2025