Jahon | 20:16 / 16.09.2019
5283
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Purdue Pharma farmatsevtika kompaniyasi bankrot bo‘lganini e'lon qildi

Amerikaning Purdue Pharma farmatsevtika kompaniyasi o‘zining bankrot bo‘lganini e'lon qildi.

"Bi-bi-si"ning yozishicha, butun mamlakat bo‘ylab berilgan da'vo arizalarida farmatsevtika kompaniyasi tarkibida opioid bo‘lgan preparatlarning nojo‘ya ta'sirlarini shifokorlardan yashirishda yoki bunga ko‘z yumishga undashda ayblangan. Lobbistlar shifokorlarni ana shunday dorilarni ko‘proq yozib berishga ko‘ndirishmoqda, bemorlar esa bu dorilarga "o‘tirib" qolishmoqda. 

Avvalroq kompaniya egalari – multimilliarder Saklerlar oilasi 10-12 mlrd dollarlik da'volar bo‘yicha suddan tashqari kelishuvga erishishga qaror qilgani aytilgandi.

Saklerlar oilasi Purdue Pharma kompaniyasini boshqarishdan voz kechadi va o‘z yonlaridan 3 mlrd dollar to‘laydi. Kompaniya boshqaruv shakli ham o‘zgaradi hamda daromadlar da'vo summalarini to‘lashga sarflanadi. Da'vogarlar Saklerlar ko‘proq pul to‘lashini talab qilishmoqda.  

Purdue Pharma AQShni qamrab olgan oipoid inqirozi bilan bog‘liq mojaro markazida qoldi. Kompaniyani ushbu inqirozda ayblashmoqda: keyingi 20 yil ichida opioidlardan 400 mingdan ortiq amerikalik halok bo‘lgan. Preparatlarni suiiste'mol qilishdan har kuni 130 kishi o‘ladi.

Mavzuga oid