O‘zbekiston | 14:10 / 17.09.2019
5241
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markaziga tashrif buyurdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Samarqand shahridagi Mudofaa vazirligiga qarashli Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markaziga AQShning Missisipi shtatidan bir guruh harbiy delegatsiya vakilari tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Mayor Amanda Villeret boshchiligidagi harbiy delegatsiya vakillari ikki mamlakat o‘rtasida o‘rnatilgan xalqaro harbiy hamkorlik doirasida harbiy ta'lim muassasasi faoliyati bilan tanishmoqda.

Tadbir “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida nomzodlarni tanlash va serjantlar tarkibini bosiqichma-bosqich tayyorlash tizimi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkillashtirish” mavzusidagi brifing bilan boshlandi.

Bir necha kun davom etadigan tashrif davomida mehmonlar AQSh harbiy ta'lim muassasalariga kichik mutaxassislarni tanlash va ularni tayyorlash, o‘qituvchi va yo‘riqchilarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimi kabilar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, kichik mutaxassislarni tayyorlash markazining o‘quv-moddiy bazasi, kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishadi.

Tashrif davomida, mehmonlar “Forish” tog‘ poligoniga boradi, Samarqand va Buxoro shahridagi tarixiy obidalarga sayohat qiladi.

Mavzuga oid