Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Men UFC’dagi birinchi o‘zbekman»: Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzoladi
O‘zbekistonlik yakkakurash jangchisi Mahmud Murodov Mutlaq jangchilik chempionati UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Murodovning o‘zi Instagram’da ma'lum qildi.
Mashhur amerikalik bokschi Floyd Meyvezer jamoasiga kiruvchi o‘zbekistonlik yakkakurash jangchisi O‘zbekistonning UFC’dagi ilk vakili bo‘ladi. Avvalroq amerikalik Murodovni MMA’ning eng yaxshi jangchisi deb atagandi.
“Men dunyoning eng kuchli tashkiloti UFC bilan shartnoma imzoladim. O‘z og‘a-inilarim jamoasiga qilingan ish uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Birgalikda tarix yasaymiz. Men UFC’dagi birinchi o‘zbekman. Qo‘llab-quvvatlovingiz, menga ishonganingiz uchun katta rahmat. Birgalikda navbatdagi g‘alaba sari olg‘a boramiz”, deb yozgan Murodov.
Yakkakurashchining vakillari u 28 sentyabrda Kopengagendagi musobaqada ishtirok etishini ma'lum qilishgan.
Murodov avval Yevropaning Oktagon va XFN ligalarida ishtirok etgan. Uning hisobida MMA’da 22 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat bor.
Mavzuga oid
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
02:47 / 22.10.2023