Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik sayyoh 7 kun ichida dunyoning 7 mo‘jizasini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi
Britaniyalik sayyoh va video-bloger Saymon Uilson 6 kun 9 soat va 3 daqiqa ichida 50 ming kmga yaqin masofani uchib o‘tib, dunyoning 7 mo‘jizasini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
U o‘zi bilan sayohatga ikkita futbolka, ich kiyim, sport shimi va fotoqurilma solingan kichik sumkanigina olgan.
Saymon shu kunlar ichida bor-yo‘g‘i 2 marta – mehmonxona va g‘orda tunashga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan vaqt u taksi, samolyotda dam olishga harakat qilgan, aviakompaniyalar taklif qilgan taomlarni yegan.
Saymonning sayohati yakshanba kuni soat 4:45da Manchester aeroportidan boshlangan. U bu yerdan Kolizeyni ko‘rgani Rimga uchgan. U Rimda 2 soatcha bo‘lib, so‘ngra Misrga uchgan. U 5 soatcha mehmonxonada bo‘lib, taksi olib, ehromlar va Sfinksni ko‘rgani yo‘l olgan.

So‘ngra u Iordaniyaga uchib, u yerda 46 yevroga g‘orda bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan va Petraga yo‘l olgan.
Saymon sayohatining 4-kuni Hindistonga yo‘l olgan. U yerda Agradagi Toj-Mahal maqbarasigacha taksida 4 soat yo‘l bosgan. Sayyoh maqbarada bir soatcha bo‘lib, so‘ngra Pekinga Buyuk Xitoy devorini ko‘rish uchun jo‘nagan.
6-kuni u Meksikaga mayya hindularining qadimiy shahri Chichen-Itsani ko‘rgani uchgan. Saymon u yerdan Rio-de-Janeyrodagi Iso Masih haykalini ko‘rgani jo‘nab, so‘ngra yana vataniga qaytgan.
“Men agar buni qilib ko‘rmaganimda, bunday sayohatni amalga oshirish mumkinligini bilmagan bo‘lardim. Buni qila olganimga ishona olmayapman”, deb aytgan Saymon.
Misrdagi Xeops ehromi bizning kungacha saqlanib qolgan dunyoning 7 mo‘jizasidan biri hisoblanadi. Kolizey, Petra, Toj-Mahal, Buyuk Xitoy devori, Chichen-Itsa, Iso Masih haykali Perudagi Machu-Pikchu qadimiy shahri bilan birgalikda dunyoning yangi 7 mo‘jizasiga kiradi.







Mavzuga oid
11:39 / 25.03.2025
O‘zbekiston hindistonlik sayyohlar sonini uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda
13:48 / 11.03.2025
2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda
15:52 / 27.02.2025
Xitoy tog‘larida adashgan sayyoh tish pastasi tufayli omon qoldi
13:33 / 10.02.2025