Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda «taqirboshlar» o‘zbekistonlik muhojirga pichoq bilan hujum qildi
Peterburg huquq-tartibot idoralari xodimlari O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirishga urinishda gumon qilingan ikki kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining shahar bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 16 sentyabrdan 17 sentyabrga o‘tar kechasi Sredneoxtinskiy ko‘chasidagi uylardan birining yaqinida gaz ballonchasi va pichoq bilan qurollangan ikki erkak O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirish maqsadida unga hujum qilishgan. Hujum qilganlar erkakka bir necha marta pichoq urishgan, so‘ng voqea joyidan yashirinishgan.
Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari natijasida huquq-tartibot idoralari xodimlari Rossiyaning ikki fuqarosini qo‘lga olishdi. Ta'kidlanishicha, gumondorlar taqirboshlar (skinxed) bo‘lib, millatchilik qarashlariga egadir.
Millatchilik sabablarga ko‘ra qotillikka urinish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025