Sport | 17:50 / 19.09.2019
6054
2 daqiqa o‘qiladi

Dzyudo. Toshkent Gran-prisiga qur'a tashlandi

Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi. Bugun 19 sentyabr kuni turnirga qur'a tashlandi. Ushbu nufuzli musobaqa Xalqaro dzyudo federatsiyasi yillik taqvimiga kiritilgan bo‘lib, har yili o‘tkazilishi an'anaga aylanib bormoqda.

Gran-pri 20-22 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Erkaklar va ayollar yettidan, jami 14 vaznda tatamiga tushadi. Musobaqa "Humo arena" da bo‘lib o‘tadi.

Taqvimga ko‘ra musobaqaning birinchi kunida erkaklar -60, -66; ayollar -48, -52 kg vaznda tatamiga tushadi. Quyida qur'aga ko‘ra bahslar jadvali ko‘rsatilgan. 

Ikkinchi kuni esa erkaklar -73, -81; ayollar -57, -63 kg vaznda bahslarda ishtirok etadi. O‘zbekistonlik dzyudochilar barcha vaznlarda to‘liq tarkibda qatnashadi. Unda yetakchi sportchilar birga yangi nomlarga ham katta e'tibor qaratilgan.

Turnirning so‘nggi kunida erkaklar -90, -100 va +100; ayollar -70, -78 va +78 kgda musobaqada o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

Mavzuga oid