O‘zbekiston | 10:14 / 19.09.2019
15700
8 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yagona davlat axborot siyosati to‘g‘risida qaror imzolashi kutilyapti

Illyustrativ foto

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi yagona davlat axborot siyosatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

fuqarolarning so‘z erkinligi va axborotdan foydalanishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslarini O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-gumanitar rivojlanishi to‘g‘risida xolis axborot bilan ta'minlash;

milliy ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, ular uchun media bozorda teng sharoitlar yaratish, jurnalistlar va blogerlarning huquqlarini himoya qilish, milliy axborot resurslaridan samarali foydalanish va ulardan erkin foydalanishni ta'minlash, ularning sonini ko‘paytirish, O‘zbekiston axborot sohasida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot xizmatlarining imkoniyatlari va salohiyatini takomillashtirish, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik orqali ularning ochiqligi darajasini oshirish, fuqarolar, jamiyat va davlatning axborot ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborotni taqdim etishning yangi kanallari va usullaridan foydalanish;
axborot sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, tizimli asosda aholiga mediata'limni joriy etish va mediasavodxonligini oshirish;

axborot texnologiyalari sohasida axborot xavfsizligini ta'minlash va jinoyatlarni oldini olish;

O‘zbekistonda innovatsion bilim va texnologiyalar negizida axborot jamiyatini shakllantirish, axborot xizmatlari sohasi samaradorligini oshirish, mamlakatni global axborot makoniga uyg‘unlashuvi va integratsiyasi orqali xalqaro axborot almashinuvi sohasida o‘rnini mustahkamlash;

axborot-telekommunikatsiya sanoati va infratuzilmasini modernizatsiya qilish, axborot yaratish, tarqatish va ulardan foydalanishni ta'minlovchi axborot texnologiyalarini rivojlantirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni hisobga olgan holda milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, axborot jamiyatini qurishning zarur me'yoriy-huquqiy bazasini shakllantirish.

Quyidagilar Konsepsiya va chora-tadbirlar Dasturini moliyalashtirish manbai:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat, notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat Fondi, O‘zbekistonda ijod namoyondalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Ilhom” jamoatchilik fondi va boshqa ijrochi - manfaatdor tashkilotlar mablag‘lari;

Moliya institutlari va xalqaro tashkilotlarning beg‘araz yordami va grantlari;

Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik to‘lovlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;

Belgilanishicha, Konsepsiya va chora-tadbirlar Dasturi doirasida:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:

O‘zbekiston Respublikasining yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, chora-tadbirlar konsepsiyasi va dasturini bajarish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va axborot resurslarini rivojlantirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ularning faoliyatining ochiqligini ta'minlash hamda davlat axborot siyosatini amalga oshirish doirasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar va chora-tadbirlar samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasi axborot sohasi vazifalarini hal etishda milliy ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, blogerlar, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoatchilik vakillarining sa'y-harakatlari va imkoniyatlarini birlashtirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi;

mamlakatimizda axborot jamiyatini shakllantirish sohasida qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

b) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi:

yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni qo‘llash va rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda ishtirok etadi;

milliy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini yaratish va qo‘llash, raqobatbardosh mahalliy dasturiy mahsullar va xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Butunjahon Internet axborot tarmog‘ining milliy segmentini sifatli ishlashi va yanada rivojlantirilishi, zamonaviy veb-resurslar, shu jumladan tarmoq resurslari, aholini intellektual va axborot ehtiyojini qondirishga qaratilgan tizimli ishni amalga oshiradi hamda vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi boshqa vazifalarni bajaradi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

xalqaro maydonda davlatning axborot siyosatini amalga oshirish borasida tizimli ish olib boradi, shuningdek O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida xalqaro nufuzini oshirish maqsadida, manfaatdor davlat idoralari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda davlatning tashqi va ichki siyosatni yoritish, tashqi iqtisodiy aloqalar, xalqaro moliya, iqtisodiyot va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risida vazirlik, diplomatik va boshqa vakolatxonalar axborot resurslarini mazmunli to‘ldirish va sifatli faoliyat yuritishini ta'minlaydi;

O‘zbekistonning chet elda ijobiy qiyofasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, diplomatik va boshqa vakolatxonalar imkoniyatlaridan foydalanib, chet elda O‘zbekiston Respublikasining tashqi va ichki siyosati, jumladan, amalga oshirilayotgan islohotlarning o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi hududlarining investitsion salohiyati to‘g‘risida xolis axborot tarqatishga ko‘maklashadi, shuningdek, vazirlik faoliyati doir boshqa vazifalarni bajaradi;

g) Axborot va telekommunikatsiyalar sohasini nazorat qilish davlat inspeksiyasi:      

davlat idoralari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashadi, davlat va boshqa tashkilotlar ma'lumotlar bazasi va resurslari hamda axborot tizimlariga noqonuniy kirish holatlarini oldini olishni ta'minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik qarorlarni qabul qilish, shuningdek davlat axborot tizimlari va resurslari hamda Internet tarmog‘i milliy segmenti axborot xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

d) davlat organlari va boshqa tashkilotlar:

O‘zbekiston Respublikasining yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ushbu sohadagi davlat dasturlarini tuzish va ijro qilishda ishtirok etadi, o‘z matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtiradi hamda ularning ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlashda qulay shart-sharoitlarni yaratadi;

axborot resurslari va ularning faoliyati to‘g‘risidagi ochiq ma'lumotlar bazalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularning sifatli to‘ldirilishini ta'minlash, idoralararo axborot almashinuvi samaradorligini oshirish, ishonchli va sifatli axborotni tezkor tarqatish uchun zamonaviy va ommabop veb-resurslar va mobil ilovalardan foydalanish choralarini ko‘radi;

zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish va axborot siyosatini olib borish, shu jumladan, Agentlikning imkoniyatlaridan kelib chiqib matbuot anjumanlari, intervyular va brifinglarni tashkil etish, ommaviy axborot vositalari, blogerlar va jamoatchilik asosida batafsil axborot va tahliliy materiallarni shakllantirish, ommaviy axborot vositalarida va ularning veb-resurslarida tarqatish uchun maxsus eshittirishlar va reportajlar tashkil etadi.

Mavzuga oid