Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
57ta pudrat korxonasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidan chiqariladi
O‘zbekistonda 57ta pudrat korxonasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidan chiqariladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 19 sentabr kuni suv resurslarini boshqarish tizimini isloh qilish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aytildi.
Qayd etilishicha, hozirda suv obektlarini qurish, rekonstruksiya va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ham buyurtmachi, ham pudratchi vazifasini bitta idora – Suv xo‘jaligi vazirligi amalga oshirmoqda. Bu esa sog‘lom raqobatga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu bois 57ta pudrat korxonasini vazirlik tizimidan chiqarib, alohida aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish vazifasi qo‘yildi.
Suv iste'molchilari uyushmalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish zarurligi, ular investitsiya, grant va boshqa mablag‘lar jalb qila oladigan, maxsus texnikalarga ega, fermerlarga sifatli xizmat ko‘rsatuvchi professional tuzilma sifatida faoliyat yuritishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid
19:10 / 22.01.2025
Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19:13 / 08.05.2024
Suv xo‘jaligi vazirligi yagona suv balansini yurituvchi davlat organi etib belgilandi
20:45 / 06.12.2021
Suv xo‘jaligi vaziri: «Sardoba» suv omborini qayta to‘ldirishda Qozog‘iston manfaatlari hisobga olinadi»
19:11 / 03.12.2021