Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bobousmon Baturov yarim finalda Pet Makkormakka yutqazdi va bronza bilan kifoyalandi
Rossiyaning Yekaturinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kun bellashuvlari davom etmoqda. Kechki dastur doirasida O‘zbekistonning yana bir vakili Bobousmon Baturov (-69 kg) yarim final jangini o‘tkazdi.
2019 yilgi Yevropa o‘yinlari chempioni, 2015 va 2017 yillarda Yevropa chempionatlarida kumush medal sohibi bo‘lgan angliyalik Pet Makkormakka qarshi jang olib borgan Baturov jangni faollik bilan olib borgan bo‘lsada yakunda ochkolar hisobiga yutqazdi.
Shu tariqa, u o‘z faoliyatidagi ilk jahon chempionatini bronza medali bilan yakunladi.
Kechki dastur doirasida yana ikki vakilimiz final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Benjamin Uittaker (Angliya) (20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Maksim Babanin (Rossiya) (20:45).
Mavzuga oid
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
17:18 / 10.04.2025
Yekaterinburgda oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi
13:08 / 06.01.2025
Yekaterinburgda terakt ishi bo‘yicha o‘smirlar hibsga olindi
13:27 / 31.12.2024