Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarda to‘rtta fan o‘rniga yagona fan joriy qilinadi
Mamlakatdagi umumta'lim muassasalarida “Milliy g‘oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg‘usi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, 2020/2021 o‘quv yilidan yagona “Tarbiya” fani bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilishicha, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov) bilan birgalikda bir oy muddatda bu bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi.
Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi (Majidov), Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, Maktabgacha ta'lim vazirligi (Shin), Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Qudbiyev) bir oy muddatda maktabda tarbiyaviy ishlarni tashkil etadigan yangi professional pedagoglar avlodini tayyorlash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Mavzuga oid
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi
15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi
14:01 / 13.02.2025