O‘zbekiston | 11:33 / 20.09.2019
4679
1 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabzda xalqaro biznes forum o‘tkaziladi

Foto: KUN.UZ

Shahrisabz shahri joriy yilning 27-28 sentabr kunlari xalqaro biznes forumga mezbonlik qiladi. 

Unda Rossiya, Belorus, Polsha, Chexiya, Koreya, Xitoy, Bolgariya, Turkiya va Qozog‘iston davlatlarining ishbilarmon doiralari vakillari hamda bir qator davlatlarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Forum xorijiy investorlar bilan mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, viloyatning investitsiya salohiyatini targ‘ib qilish hamda biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Ikki kun davom etadigan biznes forum yakunida ko‘plab shartnomalar imzolanib, innovatsiyalar samaradorligini kengaytirish va oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Mavzuga oid