Sho‘rchi tumani hokimi o‘zgardi
Bugun, 20 sentabr kuni Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Qudbiyev ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Botir To‘rayevich Alimov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Sho‘rchi tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Shu kungacha viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Hayitovich Xudoyberganov Sho‘rchi tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Ma'lumot o‘rnida, Baxtiyor Xudoyberganov 1976 yilning 19 martida Qiziriq tumanida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Muzrabot tumani hamda Termiz shahar hokimliklari moliya bo‘limi mudiri, 2017 yildan viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Bundan oldin, Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yangi hokimlar ish boshlagani xabar berilgandi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Mavzuga oid
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
20:01 / 01.11.2024
O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafot etdi
15:44 / 01.11.2024