Rashid Qurbonov yarim finalga chiqdi
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
-79 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Rashid Qurbonov chorak finalda armanistonlik Grigor Grigoryan bilan bellashdi. Teng kuchlar ostida kechgan bahsda 8:8 hisobi qayd etildi, qoidaga ko‘ra so‘nggi ochkoni qo‘lga kiritgan sportchi g‘olib deb topildi, bu ochko esa Qurbonovniki edi va u yarim finalga chiqdi.
Endi u final ostonasida amerikalik Kayl Duglas Deyk bilan kurashadi.
-97 kg vazn toifasidagi Magomed Ibragimov chorak finalda amerikalik Kayl Snayderga mag‘lub bo‘ldi - 3:13. Endi amerikalik sportchi yarimfinalga chiqsa, Ibragimovda Olimpiada yo‘llanmasi va bronza uchun kurashish imkoniyati yuzaga kelishi mumkin.
O‘zbekiston erkin kurash jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Abbos Rahmonov esa chorak finalda rossiyalik Magomedrasul Idrisovga 0:11 hisobida yutqazdi. Endi rossiyalik kurashchi finalga yetib borsa, Abbos Rahmonov bronza uchun kurashishi mumkin bo‘ladi.
-86 kg vazn toifasidagi Jabroil Shapiyev esa bronza uchun kurashmaydigan bo‘ldi. Uni nimchorak finalda mag‘lub etgan Artur Naifonov yarim finalda eronlik Hassan Yazdoniycharatiga mag‘lub bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, bugun bo‘lib o‘tayotgan musobaqalardagi faqat -86 va -97 kg vazn toifalari Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
Mavzuga oid
23:05 / 09.08.2024
Parij-2024. G‘ulomjon Abdullayev – bronza medali sohibi
21:51 / 09.08.2024
Parij-2024. Razambek Jamalov finalga chiqdi
12:18 / 02.07.2024
Moskvada erkin kurash bo‘yicha Rossiya jamoasi murabbiyi terrorizmda gumonlanib ushlandi
19:13 / 13.05.2024