Jahon | 13:23 / 22.09.2019
9147
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiya prezidenti Maduro hokimiyatiga barham berish chaqirig‘i bilan chiqdi

Foto: AP

Kolumbiya prezidenti Ivan Duke Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukmronligiga chek qo‘yishga chaqirdi. U Associated Press (AP) agentligiga bergan intervyusida ana shunday fikr bildirdi.

"Nikolas Maduro yovuzlik borasida Slobodan Miloshevich bilan teng. Bunga chek qo‘yish kerak", - dedi u.

Avvalroq Venesuela prezidenti Kolumbiya bilan chegarada 10-28 sentabr kunlari harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e'lon qilgandi. 

Kolumbiya tashqi ishlar vaziri Karlos Olmes Truxilo EFE agentligiga bergan intervyusida mamlakat delegatsiyasi BMT bosh assambleyasining 74-sessiyasida Karakasning isyonchi tashkilotlar bilan aloqadorligini isbotlovchi dalillarni taqdim etishini ma'lum qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid