Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada o‘tgan yili Boeing 737 Max samolyoti nima uchun qulab tushgani ma'lum bo‘ldi
Indoneziya o‘tgan yil oktyabrda Boeing 737 Max samolyoti konstruksiyadagi nuqsonlar va nazorat yetishmasligi oqibatida qulab tushganini ma'lum qilmoqchi. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.
Nashr manbalarining aytishlaricha, halokatga oid xulosa loyihasida ko‘rsatilgan sabablar orasida uchuvchilarning xatolari va texnik xizmatdagi kamchiliklar ham bor.
Gazetaning qayd etishicha, hisobotga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin va uning yakuniy ko‘rinishi noyabrda tayyor bo‘ladi.
2018 yil oktyabrda Indoneziyaning Lion Air kompaniyasiga qarashli Boeing 737 MAX samolyoti qulab tushishi oqibatida 189 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025