Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaliklar Gretsiyadan ukrainaliklar ko‘rinishida uchib ketmoqchi bo‘lishdi
10 nafar suriyalik migrant Gretsiyadan Shveytsariyaga ukrainalik voleybolchilar ko‘rinishida uchib ketmoqchi bo‘lishdi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi.
Gretsiya politsiyasida ma'lum qilinishicha, erkaklar voleybol jamoasi kiyimida bo‘lishgan va yonlarida bor-yo‘g‘i ikkita to‘p bo‘lgan.
Ular shunday ko‘rinishda Ukraina pasportlari bilan Tsyurixga uchuvchi samolyotga chiqishmoqchi bo‘lishgan. Biroq ularning bu nayrangi pasport xizmatida hujjatlari qalbakiligi aniqlangach fosh bo‘lgan. Ular Gretsiyani tark eta olishmagan.
Ta'kidlanishicha, hozirda Gretsiyadagi migrantlarni saqlash markazlarida qochqin maqomini olishga da'vogar 26 ming kishi bor.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
16:13 / 29.04.2025