Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 martdan hojatxonasi bo‘lmagan AYoQSlarning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (AGQS) va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari (AYoQS) egalariga AGTKS, AGQS va AYoQS hududida qonun hujjatlari talablariga muvofiq savdo shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tez ovqatlanish shoxobchalari va bepul wi-fi zonalari tashkil qilish tavsiya etildi.
Belgilanishicha, 2020 yil 1 martdan boshlab jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gignena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYoQSlarning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini obodonlashtirish to‘g‘risidagi talablarni bajarmagan va kamchiliklarni bartaraf etmagan stansiyalarga gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berish to‘xtatiladi, litsenziyasi ham bekor qilinishi mumkin.
2020 yilning 1 sentyabriga qadar hududlarda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, tez ovqatlanish shoxobchalari. Wi-Fi zonalari va sanitariya-gigena uzellari bilan ta'minlangan bittadan namunaviy AYoQS, AGQS va AGTKSlar tashkil etilishi lozim.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025