«Barselona» Grizmann bilan muzokaralar olib borgani uchun 300 yevrolik jarimaga tortildi
Ispaniyaning “Barselona” klubi fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann Madridning “Atletiko” klubi o‘yinchisi bo‘lgan bir vaqtda u bilan muzokaralar boshlagani uchun 300 yevro miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda La Cadena SER ispan radiostansiyasiga iqtibos keltirgan holda Gazeta.Ru nashri xabar berdi.
Ushbu jarima Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) tomonidan tashkilot kodeksining intizomiy qoidabuzarligi uchun solingan. 28 yoshli Grizmanning o‘zi jarimaga tortilmaydi.
Fransuz “Atletiko”dan “Barselona”ga 12 iyulda 120 mln dollar evaziga o‘tgan. Manba ma'lumotlariga ko‘ra, FIFA tomonidan Grizmanning transferi bo‘yicha “Barselona”ga nisbatan ochilgan ish tashkilot tomonidan ko‘rilishi davom etmoqda.
14 may kuni Grizmann “Atletiko”dan ketishini e'lon qilgan. Madrid klubi rahbariyati o‘yinchiga peshvoz chiqib, uni qo‘yib yuborish summasini 200 mln yevrodan 120 mln yevrogacha tushirgan. “Atletiko” ma'lumotlariga ko‘ra, “Barselona” Grizmann bilan 2018 yil fevralidan muzokaralar olib borgan va uning Madrid klubi rahbariyati bilan qo‘yib yuborilishi summasini kamaytirishiga turtki bergan.
Joriy mavsumda Grizmann “Barselona” safida barcha musobaqalarda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Fransuz “Atletiko” uchun 2014 yildan to‘p surib kelgan. Shuningdek, o‘yinchi Fransiya terma jamoasi safida 2018 yilgi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan va 2016 yilgi Yevropa chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024
«Barsa» «Real»ni yakson etdi, Holandni to‘xtatib bo‘lmayapti. Kun o‘yinlari
12:39 / 24.10.2024