Jamiyat | 10:52 / 26.09.2019
33148
2 daqiqa o‘qiladi

Stavropolda O‘zbekistonning yetti fuqarosi qullikdan ozod qilindi

Foto: vk.com/alternative.movement

Stavropol o‘lkasida «Alternativ» ko‘ngillilar tashkiloti faollari O‘zbekistonning yetti nafar fuqarosini qullikdan qutqarishdi. Ular o‘lkaga ishlash maqsadida kelishuv asosida kelishgan, ammo buyurtmachi hujjatlarini olib qo‘ygan.

Ishchilar poliz ekinlari dalasida joylashgan kulbada yashashgan, doimiy ravishda ishlashgan, ammo buning evaziga hech narsa olmaganlar. Faollarga o‘zbekistonliklarning ahvoli haqida «asir»lardan birining qarindoshi aytib berdi, deb yozmoqda KP - Shimoliy Kavkaz (Stavropol). Ko‘ngillilar ishchi bilan aloqaga chiqib, uni qutqarish rejasini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. U lagerdan hech kimga sezdirmagan holda qochib chiqib, yordam kutgan va politsiyachilar hamda faollarni ekin dalasiga olib borgan.

Ozod qilingan o‘zbekistonliklar darhol uylariga qaytib ketishmagan, ular vaqtincha Neftekum tumani Achikulak qishlog‘ida joylashdilar. Ishchilar maoshlarini olish maqsadida politsiyaga ariza yozgan. Ish beruvchi o‘zbekistonliklarning har biriga 30 ming rubldan to‘lab berdi. Shundan keyingina ular uylariga qaytishdi.

Mavzuga oid