Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonlik vazir qo‘lida kishanlar bilan televideniye orqali korrupsiyadagi aybini tan oldi
Turkmaniston davlat telekanali “Oltin asr” mamlakatning sobiq savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Armandurdi Ishanov va boshqa turkman amaldorlarining korrupsiyadagi aybiga iqror bo‘lishlarini namoyish qildi.
Sobiq vazirning qo‘lida kishanlar bo‘lgan. U “tovar birjasi rahbari bo‘la turib, xorijiy kompaniyalarga pasaytirilgan narxlarda neft mahsulotlari sotib olishga ijozat berib, ular manfaati uchun harakat qilgani va mamlakatga daromad kelishini ta'minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmaganini” aytgan.
“Men vazirlikni boshqarishim vaqtida qarindoshlarim va yaqin tanishlarimni rahbarlik lavozimlariga tayinlab, ularni qo‘llab-quvvatlab kelganman. Men jinoyat sodir etib, o‘z oilam sha'niga dog‘ tushirdim”, deb aytgan sobiq vazir.
Efirda qo‘llariga kishan solingan boshqa odamlarning ham shunday iqrorlari ko‘rsatilgan. Ishanov qamoq jazosiga tortilgan, biroq qanday muddatgaligi noma'lum.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025