Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShni terrorchilikka qarshi kurashda ikkilik standartlarini qo‘llashda aybladi
Xitoy AQSh terrorchilikka qarshi kurashda Xitoyni uyg‘urlarni ezishda ayblab, ikkilik standartlaridan foydalanadi. Bu fikrni Xitoyning BMT Xavfsizlik kengashidagi vakili bildirdi.
Bundan avval Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida AQSh vakili Jonatan Koen Xitoy Sinszyan-Uyg‘ur muxtor okrugida inson huquqlarini buzayotganini aytgan.
“Terrorchilikka qarshi kurashda ikkilik standartlarini rad etishingiz lozim”, deb javob qilgan Xitoy vakili U Xaytao.
Uning aytishicha, Xitoy muxtor okrugda aksilterrorchilik tadbirlarini amalga oshiradi.
“Xitoy tomonidan amalga oshirilgan bu aksilterrorchilik choralari terrorchilik faoliyati oldini oldi va uning tarqalishiga yo‘q qo‘ymadi”, deb aytgan U Xaytao.
Avvalroq AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Jon Sallivan Bosh assambleyadagi chiqishi vaqtida Xitoy kommunistik partiyasi tashkil topgandan beri “barcha dinlarga qarshi o‘ta adovatda ekani va oxirgi yillar bu tahqirlashlar faqat kuchayganini” aytgan. Uning aytishicha, Xitoy hukumati Sinszyanda musulmonlarga ibodat qilish va Qur'on o‘qishga ruxsat bermaydi, ko‘plab masjidlarga ziyon yetkazgan. Sallivan AQSh BMTni Xitoyda inson huquqlari buzilishi, jumladan diniy erkinliklar va qarashlar bostirilishi ortidan sinchkov kuzatuv olib borishga chaqirgan
Xitoy tashqi ishlar vazirligi Sallivanning bu bayonotiga qarshi “qat'iy norozilik” bildirgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025