Sport | 11:50 / 27.09.2019
22360
1 daqiqa o‘qiladi
Messining jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi
«Barselona» sardori Lionel Messi bir oy muddatga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining chap soni mushaklari cho‘zilib ketgan.
Messi seshanba kuni Primera doirasidagi «Vilyarreal»ga (2:1) qarshi o‘yinda mavsumda ilk marotaba jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushgan edi. Birinchi bo‘limda unga tibbiy yordam ko‘rsatildi, tanaffusda esa almashtirildi.
Endi Messi La Liga doirasidagi «Xetafe», «Sevilya» va «Eybar»ga qarshi o‘yinlarni, shuningdek Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi «Inter» va «Slaviya»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Mavzuga oid
17:00 / 26.09.2024
Chempionlik kurashiga ta’sir qiluvchi jarohat - Rodrisiz «Siti»ning titul poygasidagi imkoniyatlari qanday?
12:27 / 18.02.2021
Ronaldu o‘rniga Holand oqshom qahramoni. Yangi supermenlar davri
12:29 / 17.02.2021
«Kamp Nou»da yangi qirol. Messi Mbappening soyasida
11:53 / 03.02.2021