Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Suriya va Iroqdan yana 200 dan ortiq fuqarolarini qaytaradi
O‘zbekiston Suriyadan yana 170 kishi va Iroqdan 65 nafar bola qaytishini kutmoqda, deya ma'lum qildi mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 25 sentabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
«Iroqdan 65 nafar bola va Suriyadan 170 kishi qaytib kelishini kutmoqdamiz. Shu ma'noda, bizga xalqaro tashkilotlar va Yaqin Sharqdagi jarayonlarda bevosita ishtirok etayotgan davlatlar yordami kerak. Bu, birinchi navbatda, Xavfsizlik kengashining bu yerda yig‘ilgan doimiy a'zolari tomonidan ko‘rsatiladigan yordamga aloqador. Biz bunday hamkorlikka tayyormiz», - dedi Komilov.
Shu bilan birga, uning eslatishicha, may oyida O‘zbekiston 156 nafar fuqarosini Yaqin Sharqdagi mojaroli hududdan qaytarish bo‘yicha «qiyin va xatarli» operatsiya o‘tkazdi.
«Umid qilamanki, bunday operatsiyalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi jiddiy ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin, bunda yangi guruhlar shunday ziddiyat hududlariga kirishga intilmaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi vazir.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025