O‘zbekiston | 00:55 / 29.09.2019
40514
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk bor Yura davrigacha bo‘lgan qatlamlardan gaz olindi

7 sentabr kuni Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Shimoliy Muborak» gaz kondensati konida O‘zbekistonda ilk bor «ERIELLGroup» kompaniyasi Yura davrigacha bo‘lgan qatlamlardan kuniga 400 ming kub metr gaz oqimini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, gazli obekt «Shimoliy Muborak» konida 53-quduqni burg‘ulash va o‘zlashtirish natijasida aniqlangan. Shu tarzda paleozoy fundamentida joylashgan Yura davrigacha bo‘lgan qatlamlarda unumdor gorizont aniqlandi.

Ta'kidlanishicha, mamlakatimiz hududida ilk bor ushbu qatlamlardan sanoat gazi olingan.
Hozirgi paytda tadqiqotchilar gaz va kondensatning sanoat tavsiflarini va tovar xossalarini o‘rganish maqsadida ishga kirishdi.

Kelgusida ushbu qatlamlar «Janubiy Muborak», «Shumak» va «Sho‘rtepa» konlarida ham aniqlanishi mumkin. Ushbu gazli obekt razvedkagacha xossaga ega bo‘lib, ayni damda qidirish-baholash ishlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid