Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotadagi qariyb 500ta xonadon gazsiz qoldi. «Obod qishloq» dasturi doirasidagi ishlar vaqtida gaz quvuriga shikast yetkazilgan
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi qariyb 500ta xonadon gaz ta'minotisiz qoldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida aytiladi.
Qayd etilishicha, tumandagi "Turkiston" MFY va "Bog‘ishamol" MFY hududida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha olib borilayotgan yer qazish ishlari vaqtida yer ostidagi gaz quvuriga shikast yetkazilgan.
Natijada, mazkur hududdagi jami 492ta aholi xonadonida 2019 yil 30 sentabr soat 10:00 dan boshlab nosozlik bartaraf etilgunga qadar tabiiy gaz ta'minoti tezkor ravishda vaqtincha to‘xtatildi.
“Yuqoridagi noqulaylik uchun aholidan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025