Jahon | 18:48 / 01.10.2019
5276
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya Suriyada xavfsizlik hududini AQSh ishtirokisiz tashkil etishi mumkin

Foto: TASS/Mixail Klimentev

Turkiya AQSh bilan kelisha olmaydigan bo‘lsa, Suriyada xavfsizlik hududini o‘zi mustaqil tashkil etishi mumkin, dedi Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an.

"Ortiq bir kun ham kutolmaymiz. AQSh bilan hech qanday natijaga erisha olmasak, boshqa ilojimiz qolmaydi. Eni 30 kilometr bo‘lgan hududda 2 million suriyalik qochoqni joylashtirishni rejalashtirmoqdamiz. Biz o‘z yo‘limizdan boramiz va ayrim qadamlarni boshladik", - dedi u.

"Yelkamizga qochoqlar yukini ortib qo‘yib, Turkiyani tiz cho‘ktirishmoqchi, ammo biz ssenariylar sinab ko‘riladigan davlat emasmiz", - deb qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti.

Avvalroq Anqarada Suriya shimolida xavfsiz hudud yaratish bo‘yicha Turkiya-AQSh muzokaralari yakuniga yetgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid