Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada parlament spikeri lavozimini ilk bor ayol kishi egalladi
Indoneziyada parlament quyi palatasi – xalq vakillari kengashi spikeri lavozimini ilk bor ayol kishi egalladi. The Jakarta Post nashrining yozishicha, ushbu lavozimni zamonaviy Indoneziyaning asoschilaridan biri va milliy qahramon Sukarnoning nabirasi Puan Maxarani egalladi.
“Nihoyat, 74 yil o‘tib, parlamentni ayol kishi boshqaradi. Umid qilamanki, bu mamlakatning ko‘plab ayollariga o‘zini turli sohalarda namoyon qilishdan qo‘rqmaslik lozimligiga o‘rnak bo‘ladi”, deb aytgan 46 yoshli Puan. Uning onasi 72 yoshli Megavati Sukarnoputri Indoneziyadagi eng yirik partiya – Indoneziya kurash demokratik partiyasi yetakchisi hisoblanadi.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, yaqingacha inson salohiyatini rivojlantirish va madaniyat masalalari bo‘yicha koordinator-vazir lavozimini egallagan Puan 2024 yilgi prezident saylovlariga asosiy nomzodlardan biriga aylandi. Bundan tashqari, siyosatshunoslarning ta'kidlashicha, Puan 2020 yilda onasi o‘rnini egallaydi.
Sukarno mamlakatni 1945 yildan 1967 yilgacha boshqargan, uning qizi Megavati Sukarnoputri Indoneziyaning ilk ayol prezidenti hisoblanadi va mamlakatni 2001 yildan 2004 yilgacha boshqargan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025